"Vest Xem" futbolchisi o'zini bu uchun qurbon qilmoqchi emas

"Vest Xem Yunayted" futbolchisi jamoada qolmoqchi. Xabarlarga ko'ra, "bolg'achilar" yarim himoyachi Flinn Dauns London klubidan ketishni istamagan. Rahbariyat uni "Sautgempton" sarodri Jeyms Uord-Prauz o'rniga almashtirmoqchi edi.
Biroq, 24 yoshli yarim himoyachi Chempionshipga borishni xohlamagan. U jamoada qolib, o'z o'rni uchun kurashmoqchi. Dauns o'tgan yozda 12 million funt evaziga xarid qilingan edi. U Konferensiyalar ligasida muhim figura sifatida ko'rinish berdi.
Manba: teamtalk.com