Himoyachi Tilo Kerer ijara asosida "Vest Xem"dan "Monako"ga o'tdi.

Sky Germany nashri xabariga ko'ra, markaziy himoyachi allaqachon tibbiy ko'rikdan o'tgan va tez orada klublarning rasmiy bayonoti kutilmoqda.

"Monako" futbolchi uchun 6 oylik ijara uchun 500 ming evro to'laydi. "Monako" mavsum oxirida futbolchini 11 million evroga sotib olishda ustuvor huquqqa ega bo'ladi.