"Vest Xem" futbolchisi fevral oyida bu qarorga kelgan

"Vest Xem" futbolchisi fevral oyidayoq o'z qarorini qabul qilib bo'lgan. Xabarlarga ko'ra, Deklan Rays o'tgan mavsum o'rtalaridan "Arsenal"ga o'tishga harakat qilgan. Bu haqida jurnalist Maykl Brij ma'lum qildi.
U shunday deydi: "Menga fevral oyida agarda Deklan Rays "Vest Xem"dan ketsa, u "Arsenal"ga yo'l olishi haqida aytilgan edi. Futbolchi doimo "Arsenal" safida o'ynashni ma'qul ko'rgan". 24 yoshli yarim himoyachi "bolg'achilar" bilan EKLda zafar quchgandi.
Manba: caughtoffside.com