"Vest Xem" bu hujumchi bilan muzokaralar o'tkazmoqda

"Vest Xem" yangi futbolchi xarid qiladi. "Real Sosedad" hujumchisi Adnan Yanuzayni "bolg'achilar" safiga o'tishi mumkinligi borasida xabar qilgandik. Bu haqida klub insayderi shunday deydi:
"Yanuzay klubning yana bir nishoni. Futbolchi ayni damda Londonda bo'lib turibdi. Uning vakili "Vest Xem" hamda yana bir klub bilan muzokaralar o'tkazmoqda".
Yanuzay ilgari "MYu"da harakat qilgan.
Manba: caughtoffside.com