"Vest Xem" bu futbolchi uchun "PSJ" bilan raqobat qiladi

"Vest Xem Yunayted" hujumchi sotib olishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, London klubi "PSV" vingeri Yoxan Bakayokoga qiziqish bildirmoqda.
20 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda jami 23 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol va shuncha assistni amalga oshirgandi. Unga "PSJ" va "Napoli" ham qiziqish bildirgan. "PSV" o'z tarbiyalanuvchisi uchun 35 million evro so'ramoqda.
Manba: caughtoffside.com