"Vest Xem" Belgiyadan hujumchi xarid qiladi

"Vest Xem Yunayted" hujumchi sotib oladi. Xabarlrga ko'ra, London klubi "Genk" yulduzi Mayk Tresor uchun taklif tayyorlamoqda. Belgiyalik futbolchi o'tgan mavsumni fantastik o'tkazgan.
Tresorning hisobida 8 ta gol va 24 ta assist mavjud edi. 24 yoshli hujumchining amaldagi bitimi 2025 yilda tugaydi. Devid Moyes uchun Tresorning kelishi gollar sonini oshirishga yordam bergan bo'lardi.
Manba: bbc.com