"Vest Xem" 11 million evaziga o'z hujumchisini qo'yib yuborishga tayyor

"Vest Xem" o'z futbolchisini sotuvga qo'yadi. Xabarlarga ko'ra, London klubiga Nikola Vlashich ortiq kerak emas. Xorvatiyalik vinger 15 million funt evaziga "STsKA"dan xarid qilingan.
U uchun da'vogarlar 11 million funt to'lashi kerak bo'ladi. Ayni damda Vlashich "Torino" safida ijara asosida harakat qilmoqda.
Manba: caughtoffside.com