Vaskes ketishni o'ylab qoldi, u "Real"ning yana bir taklifiga rad javob qaytardi

Aftida yarim himoyachi Lukas Vaskes kelayotgan yozda katta ehtimol bilan Madridning «Real» klubini tark etadi. Bu haqda Ispaniya matbuoti bong urmoqda.
Xabarda yozilishicha, kuni kecha u yana «Real» tomonidan shartnomani uzaytirish borasida yuborilgan taklifga rad javob bergan. Ayni paytda tomonlar muzokara olib borishni to'xtatib qo'yishdi.
Lukas Vaskes – «Real» tarbiyalanuvchisi sanaladi. Joriy mavsum u 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol kiritdi va ikkita golga assistentlik qildi.