Himoyachi Rafael Varan tez orada «Manchester Yunayted» bilan shartnoma imzolaydi.

Insayder Fabritsio Romanoning xabar qilishicha, frantsiyalik himoyachi kelasi haftaning boshida Manchesterga uchib ketadi - katta ehtimol bilan dushanba kuni.

Tibbiy ko'rikdan o'tish va shartnomani imzolash ham keyingi haftaga rejalashtirilgan. Keyin Varanni «Manchester Yunayted» futbolchisi sifatida rasman tanishtirishadi.