"Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk Niderlandiya terma jamoasidagi jamoadoshi Yurrien Timber haqida fikr bildirdi. U shunday deydi:

"Ishoning, men uning yoshida u kabi kuchli va aqlli emasdim. Men Timberga qoyil qolaman. U haqiqiy himoyachi va professional o'yinchi. O'ylaymanki, unda katta imkon bor. U hali o'sadi".

21 yoshli himoyachi "Ayaks" vakili sanaladi. Timber uchun "MYu" jiddiy qiziqish bildirgan edi.

Manba: bbc.com