"Uotford" mavsumdagi eng yirik transferini amalga oshirdi

"Uotford" o'zining birinchi yirik transferini e'lon qildi. Jamoa 22 yoshli frantsiyalik "Nant" futbolchisi Imran Luz bilan shartnoma imzoladi.
Luz yarim himoyachi, hujumga yaqinroq o'ynaydi. Liga 1 autsayderida 7 ta gol urdi.Futbolchining tovon puli 10 million evroni tashkil qildi.
"Uotford" keyingi mavsumda APLda o'ynaydi. Jamoa bir yildan so'ng elitaga qaytdi.