"Barselona" klubi himoyachisi Samyuel Umtiti faoliyatini Rossiya Premer-Ligasida davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Matteo Morettoning ma'lum qilishicha "Zenit" klubi frantsiyalik futbolchini o'z tarkibiga qo'shib olishni maqsad qilib qo'ygan. Himoyachining o'zi ham yozda "ko'k-anorranglilar"ni tark etish niyatida.

Eslatib o'tamiz, 27 yoshli futbolchi ushbu mavsum barcha turnirlarda 13 ta o'yinda maydonga tushgan.