«Udineze» Bekao transferini e'lon qildi

“Udineze” Braziliyaning “Baii” klubidan himoyachi Rodrigo Bekaoni sotib oldi.
Bekao o'tgan mavsumni ijara asosida TsSKAda o'tkazdi. Rodrigo Italiya klubi bilan 2024 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
Ma'lumot o'rnida, 23 yoshli futbolchi o'tgan mavsum barcha turnirlarda 36 ta o'yinda maydonga tushdi.