Turin klubi rossiyalik futbolchini ortga qaytarmoqchi

"Torino" "Atalanta" yarim himoyachisi Aleksey Miranchukga qiziqish bildirmoqda.
"Sport24" nashri xabariga ko'ra, o'tgan mavsumni Turinda o'tkazgan rossiyalik futbolchini ijaraga olish vato'liq transfer qilish masalasini ko'rib chiqmoqda. Bitimga to'siq - bu mumkin bo'lgan transfer miqdori va Miranchukning maoshi. Qayd etilishicha, "Atalanta" hali 28 yoshli futbolchining kelajagi borasida bir qarorga kelmagan.
Joriy mavsumda Miranchuk "Atalanta" safida to'rtta o'yinda maydonga tushdi va u o'yinlarda samarali harakat qila olmadi. Transfermarkt portali Rossiya terma jamoasi futbolchisini 9 million evroga baholamoqda.