Ture yaqin soatlar ichida "Atalanta" futbolchisiga aylanadi

"Almeriya" hujumchisi El Bilol Ture faoliyatini "Atalanta"da davom ettiradi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, kelishuv to'liq kelishilgan. Transfer summasi 27 million evro va 3 million miqdorida "Almeriya" bonuslar olishi mumkin.
Ispaniya chempionatining so'nggi mavsumida 21 yoshli malilik futbolchi 21 o'yin o'tkazib, 7 ta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Ture Transfermarkt tomonidan 12 million evroga baholangan.
Eslatib o'tamiz, Italiya A Seriyasining so'nggi mavsumida "Atalanta" turnir jadvalida beshinchi o'rinni egallab, Evropa ligasiga yo'llanma oldi.