Zidan Fransiya terma jamoasi o‘yinchilariga nisbatan irqchilik haqida fikr bildirdi

Fransiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa futbolchilari duch kelgan irqchilik haqoratlari haqida to‘xtalib o‘tdi.
«Irqchilikka kelsak, vaziyatni o‘zgartirish qo‘limizdan kelmas, ehtimol. Ammo biz hamma turlicha bo‘lgan go‘zal mamlakatda yashaymiz.
Men hamma uchun joy topiladigan mahallada o‘sib-ulg‘ayganman. Mening hayotim shunday — men hamma bilan muloqot qila olaman. Biz irqchilikka qarshi kurashishimiz kerak va buni qilishga harakat qilyapmiz», — dedi Zidan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar