«Yuventus» Kefren Tyuramning narxini belgiladi

Yarim himoyachi Kefren Tyuram shu yozda «Yuventus»ni tark etishi mumkin.
Jurnalist Alfredo Pedulyaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Turin klubi yozgi transfer oynasida fransuz futbolchisi bilan xayrlashishga tayyor. «Yuventus» o‘z xavbekining sotuvidan taxminan 45 million yevro (plyus bonuslar) ishlab olmoqchi.
Kefren Tyuram 2024 yilda «Nissa»dan «Yuventus»ga 20 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Yarim himoyachi 2025/26 yilgi mavsumda turinliklar safida barcha turnirlarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Tyuramning transfer qiymatini 38 million yevroga baholamoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar