«Yuventus» JCHda porlagan bosniyalik himoyachi transferini hal qilmoqda

Turinning «Yuventus» klubi Jahon chempionatida o‘zini ko‘rsata olgan futbolchiga qiziqish bildirayotgani haqida avvalroq xabar bergan edik. Bosniyalik Tarik Muxaremovich «Sassuolo» sharafini himoya qiladi va Italiya chempionati bilan juda yaxshi tanish — Bolqon yarim orolidan kelgan futbolchilar uchun bu turnir yetarlicha yuqori darajada to‘p surish imkonini beruvchi ajoyib makon hisoblanadi.
«Yuventus» rahbariyati futbolchining mahoratiga to‘liq ishonch hosil qilgani va uni sotib olishga yaqin kelgani haqida taniqli italiyalik jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda. Shu bilan birga, «Sassuolo» klubi ham bu transferdan foyda oladi — futbolchi klubni erkin agent sifatida (tekinga) tark etsa-da, «neroverdi» (qora-yashillar) uning keyingi sotuvidan tushadigan mablag‘ning 50 foiziga egalik qiladi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar