«Yuventus» himoyachisi Bremer yaqin kelajakda Turin klubini tark etishi mumkin. Tuttosport nashrining xabariga ko‘ra, «byankonerilar» braziliyalik futbolchi bo‘yicha uning shartnomasida ko‘rsatilgan tovon pulidan pastroq bo‘lgan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 29 yoshli markaziy himoyachining shartnomasida 58 million yevro miqdorida tovon puli ko‘zda tutilgan, biroq «Yuventus» o‘yinchini 45–50 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga rozi. Turinliklar 40 million yevrodan kam bo‘lgan takliflarni umuman ko‘rib chiqmoqchi emaslar.

Bremerni qo‘lga kiritishga asosiy da’vogarlardan biri bo‘lib «Bavariya» qolmoqda, myunxenliklar mudofaa markazini kuchaytirishni rejalashtirishgan. Avvalroq himoyachiga «Tottenxem» ham qiziqish bildirayotgani aytilgandi, biroq ular Senesi va van Xekkeni sotib olganidan keyin bu transferning amalga oshish ehtimoli past deb baholanmoqda.

O‘tgan mavsumda Bremer turinliklarning asosiy markaziy himoyachisi edi, ammo uning transfer narxiga yoshi, jarohatlar seriyasi hamda Jahon chempionatida yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagani o‘z ta’sirini o‘tkazdi.

Manba: Stadion.uz