«Yuventus» «Bavariya»ning sobiq futbolchisi bo‘yicha muzokaralarni qayta tikladi

«Bavariya»ning sobiq yarim himoyachisi Leon Goreska baribir «Yuventus»ga o‘tishi mumkin.
«Keksa sinyora»ning 31 yoshli futbolchiga bo‘lgan qiziqishi haqidagi gap-so‘zlar o‘tgan mavsum davomida ham yurgan edi, biroq keyinchalik bu mish-mishlar tinchib qolgandi. Sky Sport bergan ma’lumotlarga ko‘ra, yaqinda «Yuventus» Goreska transferi bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlagan. Xavbek o‘zining kelajagi borasida hali yakuniy qarorga kelmagan, ammo Turinga ko‘chib o‘tish variantini mutlaqo jozibali deb hisoblamoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, germaniyalik o‘yinchi yiliga 7 million yevro maosh bilan uch yillik shartnoma tuzishni xohlamoqda, shuningdek, u 10 million yevro miqdorida imzo bonusi (klubga o‘tgani uchun beriladigan bir martalik to‘lov) talab qilyapti.
Leon Goreska 2018 yildan buyon «Bavariya» sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Uning myunxenliklar bilan tuzgan kelishuvi shu yilning iyun oyi oxirida yakuniga yetdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar