Xavi Simons «Barselona»dan ketishi sababini oshkor qildi

Londonning «Tottenxem» klubining niderlandiyalik futbolchisi Xavi Simons o‘zi tarbiyalangan Kataloniyaning «Barselona» klubi bilan xayrlashuvi haqida so‘zlab berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kataloniya grandi rahbariyati unga, ya’ni Simonsga ishonmagan.
«Ochiq-odin ko‘rinib turardiki, ular menga ishonishmasdi. Men ularning loyihasiga kirmasdim, hammasi juda oddiy — odamlar har xil talqinlarni ilgari surishganiga qaramay, aslida shunday edi. «PSJ» esa menga juda qiziqarli taklif berishi mumkin edi — Mbappe, Messi va Neymar kabi yulduzlar bilan birga o‘ynash imkoniyati. Bu eng yaxshi tanlov bo‘lgandi», — deya Simonsning so‘zlarini keltiradi The Sports Agents.
Eslatib o‘tamiz, Xavi Simons va «Barselona» o‘rtasidagi xayrlashuv 2019 yilda yuz bergan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar