«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn Saudiya Arabistonidan o‘ta foydali taklif olishi mumkin. Britaniyalik futbolchining xizmatlariga «Al-Hilol» klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda insayder Sasha Tavolyeri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «Al-Hilol» allaqachon Keynning agentlari bilan muzokaralar o‘tkazib bo‘lgan. Tomonlar potensial hamkorlik ehtimolini muhokama qilishgan.

Ta’kidlanishicha, Keyn hozircha o‘z kelajagi borasida yakuniy qarorga kelmagan. U kelib tushadigan barcha takliflarni tinglashga tayyor.

Manba: Stadion.uz