Xabi Alonso: «Biz mukammal tarkibga ega bo‘lishni va yaxshi jamoa tuzishni xohlaymiz»

«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoa tarkibni kuchaytirishga muhtoj ekanini ma’lum qildi.
«Ishonchim komilki, bugundan boshlab transfer oynasining oxirgi kunigacha juda ko‘plab mish-mishlar bo‘ladi, shuning uchun nimanidir izohlashdan ma’no yo‘q.
Transfer kampaniyasi — murakkab vazifa, ammo, shubhasiz, bizga futbolchilarning sifati, pozisiyalar va tarkibni jamlash nuqtai nazaridan to‘g‘ri muvozanat kerak.
Biz mukammal tarkibga ega bo‘lishni va yaxshi jamoa tuzishni xohlaymiz. Buning uchun bizda g‘oya bor, rejamiz bor va APL startigacha uni qanday amalga oshirishimizni ko‘ramiz», — dedi murabbiy Sky Sports nashriga bergan intervyusida.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar