«Yuventus»ning sobiq hujumchisi Dushan Vlaxovich «Barselona» safiga qo‘shilishni istamoqda. Bu haqda Diario SPORT xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, 26 yoshli serbiyalik hujumchi «Barselona»dan taklif olish umidida muzokaralarda tanaffus e’lon qildi. Futbolchining allaqachon Turkiyaning «Beshiktosh» klubi bilan varianti bor, ammo u kataloniyaliklar klubini tanlamoqda. Shu bilan birga, Vlaxovich Angliya Premyer-ligasidan keladigan takliflarni ham ko‘rib chiqishga tayyorligi va hatto maosh borasida yon berishga rozi ekanligi ta’kidlanmoqda.

Vlaxovich «Yuventus»da 2022 yildan 2026 yilgacha to‘p surgan. Bu vaqt ichida u barcha musobaqalarni inobatga olgan holda 168 ta uchrashuvda maydonga tushib, 68 ta gol urgan va 16 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Manba: Stadion.uz