Vinisius Joze Mourinyoning loyihasidagi o‘rnini bilmoqchi, «Arsenal» esa taklif hozirlamoqda

«Real» Vinisius Junior bilan hamkorlikni uzaytirishga harakat qilmoqda.
Avvalroq vinger rahbariyat bilan Joze Mourinyoning yangi loyihasidagi o‘z o‘rnini muhokama qilib olmoqchi ekani hamda taklif etilayotgan maosh uning maqomiga mos yoki yo‘qligini tushunib yetmoqchiligi xabar qilingan edi. 26 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Braziliyalik futbolchi soliqlar to‘langanidan so‘ng mavsumiga taxminan 20 million yevro maosh olishni mo‘ljallamoqda.
Jurnalist Florian Plettenbergning ma’lumotiga ko‘ra, «Real» Vinisius va uning agentlariga shartnomani uzaytirish bo‘yicha qarshi taklif yuborgan.
Madridliklar bir necha oylik muzokaralardan so‘ng kelishuvga erishishga umid qilmoqda. Klub «Arsenal» tomonidan bo‘layotgan qiziqishdan xabardor.
Londonliklar («kanonirlar») esa o‘z navbatida ilk rasmiy taklifni taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Futbolchining vakillari bu haqda xabardor qilingan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar