«Valensiya» o‘z yarim himoyachisi uchun «Barselona»dan 50 million yevro talab qilmoqda

«Barselona» markaziy yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish niyatida, shu bois «Valensiya» yarim himoyachisi Xavi Gerraga qiziqish bildirmoqda. Biroq «Valensiya» o‘z yetakchisini arzonga qo‘yib yubormoqchi emas. Tomonlar o‘rtasidagi masala narxi 50 million yevroni tashkil etmoqda, deb yozadi todomercadoweb.es nashri.
Klublarning futbolchiga berayotgan bahosi o‘rtasidagi farq juda katta. «Kamp Nou»dagilar xavbek uchun 25–30 million yevro to‘lashga tayyor, ammo «Mestalya»da bunday takliflarni ko‘rib chiqishni ham istashmayapti.
Xavi Gerraning «Valensiya» bilan shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchini 25 million yevroga baholamoqda. Yakunlangan mavsumda Gerra La Ligada 36 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi va oltita samarali uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar