Uilyams — «MYU»ning yangi transfer nishoni

«Manchester Yunayted» 25 yoshli uelslik himoyachi Neko Uilyams bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.
Manbalarning qayd etishicha, «MYU» futbolchini yozgi transfer maqsadlari ro‘yxatiga kiritgan. Uilyamsning muhim ustunligi — har ikki qanotda ham birdek muvaffaqiyatli o‘ynay olishidadir.
Himoyachi 2022 yildan buyon «Nottingem Forest» safida to‘p suradi. Klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan, Uilyamsga «Tottenxem» ham da’vogarlik qilmoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar