Tyago Motta Italiya terma jamoasini boshqarishi mumkin

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga yangi nomzod paydo bo‘ldi — Tyago Motta. Bu haqda derbyderbyderby.it nashri xabar bermoqda.
Mottaning oxirgi ish joyi 2024/2025 yilgi mavsumda Turinning «Yuventus» klubi bo‘lgan edi — o‘shanda Motta mavsumni yomon boshlamagan, ammo tez orada rahbariyat ishonchini oqlay olmay iste’foga chiqarilgan edi. Bungacha u 2022 yildan 2024 yilgacha «Bolonya» klubida muvaffaqiyatli faoliyat yuritgan.
Boshqa nomzodlar qatorida Stefano Pioli va Raffaele Palladino nomlari ham tilga olinmoqda — ikkala mutaxassis ham hozirda klubsiz va erkin maqomda bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Jennaro Gattuzo iste’foga chiqib, yangi mavsumda Rimning «Lasio» klubini boshqarishi ma’lum bo‘lgach, Italiya terma jamoasi bosh murabbiysiz qolgan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar