Trafford «Lids»ga o‘tishi mumkin
The Athletic xabariga ko‘ra, «Lids» Jeyms Trafford transferi bo‘yicha «Manchester Siti» bilan muzokaralar olib bormoqda.
Darvozabonning o‘zi «Elland Roud»ga o‘tish variantiga befarq emas. Avvalroq Djanluidji Donnarummaning 23 yoshli o‘rinbosari muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun bir mavsumdan so‘ng klubini o‘zgartirishga tayyorligi ma’lum bo‘lgan edi.
O‘tgan oyda «Nyukasl» Traffordga bo‘lgan qiziqishini qayta tiklagan edi. «Qarg‘alar» uni «Siti»ga qaytishidan oldin ham o‘z safiga qo‘shib olishga uringan. Uning nomzodi «shaharliklar» bilan Sandro Tonali transferi bo‘yicha o‘tkazilgan muzokaralar vaqtida muhokama qilingan, biroq yakunda Tonali «Tottenxem»ga o‘tdi. Hozirda esa «Nyukasl» Jeyms nomzodini ko‘rib chiqmayapti va muqobil variantlarga e’tibor qaratmoqda.
«Lids» esa mavsumni asosiy darvozabon sifatida yakunlab, so‘ng erkin agent maqomida «Manchester Yunayted»ga o‘tib ketgan Karl Darlouning o‘rnini to‘ldirish uchun yangi posbon qidirmoqda.
2025/26 yilgi mavsumda Trafford 17 ta o‘yinda maydonga tushdi. U Angliya kubogi va Angliya liga kubogining barcha bahslarida o‘ynab, «Siti» bilan har ikkala sovrinni qo‘lga kiritdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar