«Trabzonspor» norvegiyalik yarim himoyachini 13 million yevro evaziga sotib oldi

«Trabzonspor» «Midtyullann» yarim himoyachisi Alan Shimshir bilan shartnoma imzoladi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, kelishuv summasi 13 million yevroni tashkil qilgan.
24 yoshli turkiyalik futbolchi «Trabzonspor» safida 2030 yilning 30 iyuniga qadar to‘p tepadi. U bungacha Norvegiyaning «Lillestrem» va «Yerv» jamoalarida ham o‘ynagan.
2025/26 yilgi mavsumda Shimshir 54 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 21 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 10 million yevroga baholamoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar