«Tottenxem» futbolchisi «Inter»ning asosiy maqsadiga aylandi

«Tottenxem»ning qanot himoyachisi Jed Spens faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Insayder Fabrisio Romanoning ta’kidlashicha, Milan klubi avvalroq xabar qilinganidek, 25 yoshli o‘yinchi transferi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «Inter» Spensni o‘ng qanot himoyachisi pozisiyasi uchun asosiy transfer maqsadi qilib belgilagan. Futbolchi o‘tishga tayyor, ammo «Tottenxem»ning talablari hozircha Italiya chempionining kutganidan yuqoriroq bo‘lib turibdi.
2025/26 yilgi mavsumda Spens barcha turnirlarni hisobga olganda 44 ta o‘yinda maydonga tushdi, biroq gol yoki golli uzatmalarni amalga oshira olmadi.
Spensning «shporlar» bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ekspertlari ingliz futbolchisini 30 million yevroga baholamoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar