«Tottenhem» murabbiyi De Zerbi jarohat olgan Kulushevski va Kudusning holati haqida gapirib berdi

«Tottenxem Hotspur» bosh murabbiyi Roberto De Zerbi jarohat olgan futbolchilar Deyan Kulushevski va Muhammad Kudusning hozirgi ahvoli haqida to‘xtalib o‘tdi.
«Muhammad maydonga qaytishga juda yaqin. O‘ylashimcha, Londonga qaytganimizdan so‘ng u biz bilan mashg‘ulotlarni boshlay oladi. Bu juda ajoyib. Kudus — jamoa uchun muhim futbolchi. Kulushevskiga kelsak, yaqin ikki hafta ichida nima bo‘lishini kuzatishimiz kerak. Deyan ham biz uchun muhim o‘yinchi. U bir mavsumni birorta ham o‘yin o‘tkazmasdan o‘tkazganidan so‘ng, avvalambor uning o‘zi uchun, so‘ng butun jamoa uchun tavakkal qilmasdan vaziyatni sinchkovlik bilan o‘rganib chiqishimiz zarur», — dedi De Zerbi «shporlar»ning rasmiy saytiga.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar