Tayrik Jorj «Chelsi»dan «Everton»ga o‘tdi

«Everton» 20 yoshli vinger Tayrik Jorjning doimiy asosda transfer qilinganini e’lon qildi.
Futbolist mersisaydliklar klubi bilan 2030 yilning iyun oyiga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Avvalroq, transfer summasi 24+6 million funtni tashkil qilishi xabar berilgan edi.
Jorj o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida «Everton» safida ijarada o‘ynagan edi. U APL doirasida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, birorta ham samarali harakatni amalga oshira olmagan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar