Spalletti Alonso haqida: «Ajoyib murabbiy, u futbolni ikir-chikirlarigacha biladi»

«Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti shu yozda «Chelsi»ni boshqargan Xabi Alonsoni maqtab o‘tdi. Bugun turinliklar o‘rtoqlik o‘yinida londonliklarni mag‘lub etishdi (1:0).
«Chelsi»da o‘zi ham o‘ynagan va futbolni juda yaxshi tushunadigan ajoyib va iqtidorli murabbiy bor. U bizning sport turini ikir-chikirlarigacha biladi. Menda ularning ba’zi o‘rtoqlik o‘yinlaridan lavhalarni tomosha qilish imkoniyati bo‘ldi va bu jamoaning sifati hamda qudratini allaqachon payqash mumkin edi», — dedi Spalletti o‘yindan oldin.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar