Saudiyaning 3 ta klubi rossiyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda

So‘nggi kunlarda matbuotda hujumkor yarim himoyachi Aleksandr Golovinning «Monako»dan ehtimoliy transferi haqida xabarlar paydo bo‘lmoqda.
Saudiya Arabistonining uchta klubi Golovinga qiziqish bildirdi. «RB Sport» ma’lumotlariga ko‘ra, bu jamoalar «Al-Ittihod», «Al-Qodisiya» va «Al-Diriyah» hisoblanadi.
Manbaning ta’kidlashicha, hammasi taklif etiladigan shartlarga bog‘liq bo‘ladi.
Nufuzli Transfermarkt portali 30 yoshli Aleksandr Golovinni 18 million yevroga baholamoqda. Futbolchining «Monako» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Golovin Liga 1 klubida 2018 yilning yozidan buyon to‘p surib kelmoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar