Saudiya klubi Rafinya transferidan voz kechdi

«Barselona» vingeri Rafinya Dias «Al-Hilol»ga o‘tmaydi. Saudiya Arabistoni klubi «Vest Xem» a’zosi Krisensio Sammervillni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi, shu sababli «ko‘k-anorranglilar» yulduzi uchun kechayotgan kurashdan chiqdi, deb xabar beradi Diario Sport. Bundan tashqari, avvalroq braziliyalik futbolchining o‘zi ham «Al-Hilol» taklifini rad etgan edi.
Rafinyaning hozirgi narxi Transfermarkt portali tomonidan 70 million yevroga baholanmoqda. 29 yoshli futbolchining Kataloniya grandi bilan mehnat shartnomasi 2028 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
O‘tgan mavsumda Rafinya Xans-Diter Flik jamoasi safida o‘tkazilgan 33 ta o‘yinda 21 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar