«Santos» Neymarni jazolaydimi-yo‘qmi?

Braziliyalik yulduzli forvard Neymar «Santos»ning mashg‘ulot jarayoniga qaytdi. Bu haqda Globo jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaning qayd etishicha, 34 yoshli futbolchi umumiy guruhda to‘liq mashg‘ulot o‘tkazgan. Oldinroq Neymar o‘zboshimchalik bilan jamoa bazasini tark etgan va mashg‘ulotda ishtirok etmagan edi. Braziliya klubi rahbariyati hujumchiga nisbatan intizomiy choralar qo‘llamaydigan bo‘ldi.
Joriy yilda Neymar «Santos» tarkibida 16 ta uchrashuv o‘tkazdi. Hujumchi o‘z hisobiga 8 ta gol va 4 ta golli uzatma yozib qo‘ygan. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yilning oxirigacha mo‘ljallangan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar