"Liverpul"ning sobiq vingeri Muhammad Saloh yangi klub izlashda davom etmoqda.

The Sun nashrining xabar berishicha, 34 yoshli futbolchi Saudiya Arabistoni klubiga qo‘shilishi mumkin edi, ammo hozircha bunday kelishuv ehtimoldan yiroq ko‘rinadi. Saloh maosh bo‘yicha haddan tashqari talablar qo‘ygan va klublar uning moliyaviy talablarini qondirishni istamayapti. Biroq, muzokaralar davom etmoqda.

Saloh 2017 yildan 2026 yilgacha "Liverpul" safida o‘ynagan. O‘tgan mavsum tugaganidan so‘ng, vinger "mersisayderlar"ni tark etdi.

2026 yilgi Jahon chempionatida Saloh Misr terma jamoasi safida beshta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatma berdi. Jamoa 1/8 finalda mag‘lub bo‘ldi.

Manba: Stadion.uz