Misrlik hujumchi Muhammad Saloh «Liverpul»dan ketganidan keyin faoliyatini qayerda davom ettirishi borasida hali bir qarorga kelmadi. Bu haqda ESPN jurnalistlari xabar bermoqda.

Manba berayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, yulduz forvard uchun asosiy da’vogar Saudiya Arabistoni klublari hisoblanadi. Shuningdek, Muhammadga Yevropa va MLS (AQSH)dan ham qiziqishlar bor.

Saloh yangi klub topish masalasi bilan Misr terma jamoasi Jahon chempionati — 2026 dagi ishtirokini yakunlaganidan keyin shug‘ullanadi. Eslatib o‘tamiz, 1/8 final bosqichida afrikaliklarga Argentina terma jamoasi raqiblik qiladi.

Angliya Premyer-ligasining o‘tgan mavsumida 34 yoshli hujumchi 27 ta uchrashuvda maydonga tushgan edi. Saloh o‘z hisobiga 7 ta gol va 7 ta golli uzatmani yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

Manba: Stadion.uz