"Roma" Kastroni sotib oldi

«Roma» Santyago Kastro bilan shartnoma imzolaydi.
Rim klubi 21 yoshli hujumchining transferi bo‘yicha «Bolonya» bilan kelishuvga erishdi. Kelishuv summasi 35 million yevroni tashkil etadi, shuningdek, bonus to‘lovlari ham ko‘zda tutilgan, deb yozmoqda Sky Sport. Bundan tashqari, «Bolonya» futbolchining keyingi qayta sotuvidan 10 foiz ulush oladi.
Oldinroq teskari yo‘nalishda Artyom Dovbik o‘tishi haqida xabar berilgan edi.
A Seriyaning o‘tgan mavsumida Kastro 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar