"Roma" Garnacho bo‘yicha rasmiy taklif yubordi

Rimning "Roma" klubi "Chelsi"dan qanot hujumchisi Alexandro Garnachoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Nikolo Skira xabariga ko‘ra, "bo‘rilar" "aristokratlar"ga 22 yoshli argentinalik futbolchi bo‘yicha ilk rasmiy taklifini yuborgan.
Taklif: 5 million yevroga 1 mavsumlik ijara, mavsum davomida ma’lum shartlar bajarilsa, kelasi yozda 35 million yevroga to‘liq sotib olish.
Transfermarkt hozirda Garnachoni 28 million yevroga baholamoqda. Uning shartnomasi 2032 yilgacha mo‘ljallangan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar