Braziliyalik hujumchi Risharlison yozgi transfer oynasi yopilganidan keyin ham «Tottenxem» safida qolishga yaqin turibdi.

SpursJourno nashrining xabar berishicha, futbolchining o‘zi London klubida qolish istagini bildirgan. Risharlison «Tottenxem»ning yangi shakllanayotgan loyihasining ajralmas qismiga aylanishni va jamoa muvaffaqiyatlariga o‘z hissasini qo‘shishni xohlamoqda.

Avvalroq, ommaviy axborot vositalarida 27 yoshli hujumchining boshqa klubga o‘tishi mumkinligi haqida turli xabarlar tarqalgan edi.

Manba: Stadion.uz