«Brayton» klubi «Benfika»ning portugaliyalik yarim himoyachisi Rodrigu Regu transferini tasdiqladi. 21 yoshli futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolandi. Transfer summasi oshkor qilinmayapti.

O‘tgan mavsumda Regu «Benfika»ning asosiy jamoasi safida, jumladan, yevrokuboklarda jami 5 ta o‘yinda maydonga tushdi.

«Rodrigo — juda istiqbolli iste’dod egasi. O‘tgan mavsumda u ham ichki chempionatda, ham Chempionlar ligasida debyut qilishga ulgurdi. Bu uning o‘sishga erishayotganidan dalolat beradi. Uning yanada rivojlanishi va o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etishiga yordam bera olishimizga ishonchimiz komil», — deyiladi klub bayonotida.

Transfermarkt portali talqiniga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 1,5 million yevroni tashkil etadi. Regu Portugaliya yoshlar terma jamoasi safinda 2 ta o‘yinda ishtirok etgan.

Manba: Stadion.uz