«Arsenal» markaziy himoyachisi Vilyam Saliba Ispaniyaning yetakchi klublari nazariga tushdi. Bu haqda CaughtOffside nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, «Real» va «Barselona» 25 yoshli himoyachiga qiziqish bildirmoqda. Biroq, «Arsenal» fransiyalik futbolchini sotish niyatida emas va faqat 150 million yevrodan oshadigan takliflarnigina ko‘rib chiqishga tayyor.

Saliba 2019 yildan buyon «kanonirlar» safida to‘p suradi. O‘tgan mavsumda u jamoasi bilan Angliya chempioni bo‘ldi. Muvaffaqiyatli kechgan mavsum davomida himoyachi barcha turnirlarda 50 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Salibaning «Arsenal» bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2030 yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Manba: Stadion.uz