Madridning «Real» klubi Myunxenning «Bavariya» klubi vingeri Maykl Olisening transferini amalga oshirish uchun urinishlarni davom ettiradi. Bu haqda jurnalist Xose Feliks Dias xabar bermoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, «Real» prezidenti Florentino Peres va jamoaning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo Oliseni yangi loyihaning eng muhim futbolchisi deb hisoblashmoqda va bu haqda futbolchining o‘ziga ham ma’lum qilib ulgurishgan.

Qayd etilishicha, «Real» Olise uchun kamida 150 million yevro taklif qilishga tayyor, biroq zarurat tug‘ilsa, «qaymoqranglilar» bu summani 200 million yevrodan oshirishga ham rozi. O‘z navbatida, «Bavariya» fransiyalik futbolchini jamoaning «daxlsiz» a’zosi deb hisoblaydi va u bilan amaldagi shartnomani 2031 yilgacha uzaytirmoqchi.

Ortda qolgan klub mavsumida 24 yoshli Olise barcha musobaqalarda jami 52 ta o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 31 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: Stadion.uz