Yarim himoyachi Orelyen Tchuamenining «Real»dagi kelajagi so‘roq ostida turibdi.

Defensacentral nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Madrid klubi fransuz futbolchisini shu yozda albatta sotib yuborilishi kerak bo‘lgan o‘yinchilar qatoriga kiritmayapti. «Qaymoqranglilar» xavbek transferi bo‘yicha faqat 120 million yevrodan kam bo‘lmagan takliflarnigina ko‘rib chiqishga tayyor. Tchuamenini o‘z safiga qo‘shib olishga hanuzgacha «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda va mankunianliklar uning maosh bo‘yicha talablarini qondirishga tayyor.

Orelyen Tchuameni 2022 yilda «Monako»dan «Real»ga 80 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi Madrid klubi safida barcha musobaqalarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: Stadion.uz