«Real»ning qanot himoyachisi Fran Garsiya faoliyatini «Betis»da davom ettiradi. Bu ma’lumotni nufuzli insayder Fabrisio Romano e’lon qildi.

Manbaning xabar berishicha, klublar kelishuv shartlarini to‘liq kelishib olishgan. «Betis» 26 yoshli Garsiyani to‘rt million yevro evaziga sotib oladi, biroq «Real» futbolchining kelajakdagi sotuvidan 50% ulush oladi. O‘yinchining tibbiy ko‘rikdan o‘tishi allaqachon rejalashtirilgan.

2025/26 yilgi mavsumda Garsiya barcha musobaqalarda 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt internet-portali ma’lumotlariga ko‘ra, «Real» tarbiyalanuvchisining bozor qiymati o‘n million yevroni tashkil etadi.

Manba: Stadion.uz