Madridning «Real» klubi «Bavariya»ning fransuz vingeri Maykl Oliseni sotib olish istagidan voz kechgani yo‘q.

Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, «Real» Oliseni 270 million yevro evaziga sotib olish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. «Qaymoqranglilar» kafolatlangan mablag‘ sifatida 222,3 million yevro taklif qilib, qolgan summani bonuslar ko‘rinishida to‘lamoqchi.

Vaholanki, bundan oldin «Bavariya» joriy transfer oynasida Oliseni sotish niyati yo‘qligini aniq va ravshan bildirgan edi.

Yakunlangan klub mavsumida 24 yoshli Olise barcha turnirlarda 52 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 22 bor ishg‘ol qildi va 31 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Hozir bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatida esa Olise barcha 5 ta o‘yinda qatnashib, o‘z hisobiga 6 ta golli pas yozdirib qo‘yishga ulgurdi.

Manba: Stadion.uz