Madridning «Real» klubi ommaviy ravishda inkor etganiga qaramay, «Chelsi»ning argentinalik yarim himoyachisi Enso Fernandesning vakillari bilan aloqaga chiqqan. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.

Biroq, dastlabki muloqotlardan so‘ng ish bundan buyog‘iga siljimagan. Manbaning xabariga ko‘ra, «Real» haqiqatan ham Fernandesni ajoyib futbolchi deb hisoblaydi, ammo u endilikda klubning real transfer maqsadi sifatida qaralmayapti. Xuddi shunday vaziyat «Manchester Siti» a’zosi Rodri Ernandesga ham tegishli.

Yakunlangan klub mavsumida 25 yoshli argentinalik futbolchi barcha turnirlarni hisobga olgan holda 54 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: Stadion.uz