«Real» Ibraima Konate transferini e’lon qildi

Madridning «Real» klubi matbuot xizmati fransuz himoyachisi Ibraima Konate erkin agent maqomida jamoaga o‘tganini e’lon qildi. Bungacha futbolchi Angliyaning «Liverpul» klubida to‘p tepgan edi. Konate «qaymoqranglilar» bilan 2030 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Eslatib o‘tamiz, Konate yakshanba, 7 iyun kuni o‘z lavozimiga qayta saylangan klub prezidenti Florentino Peresning saylovoldi kampaniyasi paytida va’da qilingan transferlardan biri edi. Hozirda Ibraima Konate Jahon chempionati — 2026 musobaqasida ishtirok etayotgan Fransiya terma jamoasi ixtiyorida bo‘lib turibdi.
Qayd etish joizki, Madridning «Real» klubi o‘tgan mavsumni La Liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda yakunlagan edi. «Barselona» esa Ispaniya chempioniga aylandi.
Manba: Stadion.uz